Do'konga kelmasdan, uyda turib barmog'ingiz o'lchamini bilib oling — ikki oddiy usul bor.
Saqlangan o'lchamingiz: 18
Ip yordamida
1Yupqa ip yoki qog'oz tasmasini oling
2Uni barmoq asosiga (uzuk taqiladigan joyga) bir marta o'rang
3Ip ustma-ust tushgan joyni qalam bilan belgilang
4Ipni yozib, chizg'ich bilan boshidan belgigacha bo'lgan uzunlikni millimetrda o'lchang
5Chiqqan sonni 3.14 ga bo'ling — bu sizning o'lchamingiz
Masalan: ip uzunligi 56 mm chiqsa, 56 ÷ 3.14 = 17.8, ya'ni o'lcham ≈ 18
Mavjud uzukdan foydalanib
1Sizga mos keladigan boshqa uzukni toping
2Chizg'ich bilan uzukning ichki aylanasini (bir devoridan ikkinchisigacha) millimetrda o'lchang
3Chiqqan son — bu sizning o'lchamingiz
Maslahatlar
Kechqurun o'lchang — kun davomida barmoq biroz kattalashadi
Issiq xonada o'lchang, sovuq qo'l bilan emas
2-3 marta o'lchab, o'rtachasini oling
Ikki o'lcham orasida chiqsa — kattarog'ini tanlang
Aniq bilishni xohlaysizmi? Do'konimizga tashrif buyursangiz, ustalarimiz o'lchamingizni bir zumda va butunlay bepul o'lchab beradi.
Ekrandan o'lchash
Uzukni doiraga moslang
Sizga mos keladigan, lekin o'lchamini bilmaydigan boshqa uzugingiz bo'lsa — uni shu yerga, ekranga qo'ying va ichki teshigi pastdagi doiraga aynan sig'guncha slayderni suring.
18taxminiy o'lchamingiz
Muhim sanalar
Muhim sanalarni unutmang
Oilangiz va yaqinlaringizning tug'ilgan kunlarini belgilab qo'ying — har biriga alohida eslatma yuboramiz.